Joriy yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekistonga xorijning 19ta davlatidan 22 492ta elektromobil olib kelingan. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbout xizmati xabar berdi.

Mamlakatga yetkazilgan elektromobillarning umumiy qiymayti $582,3 mlnni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan import hajmi 6 barovardan yuqori o‘sgan.

Xitoy eng ko‘p elektromobil import qilingan mamlakat sifatida yetakchilikni saqlab qoldi. O‘tgan 10 oyda mamlakatdan jami 20 642ta elektromobil olib kelingan. Bu jami elektromobillar hajmining 91,7%ini tashkil etadi.

Undan keyingi o‘rinda Gongkong turibdi — 1258ta elektromobil. 147ta elektromobil bilan BAA kuchli uchlikni yakunlagan.

Shuningdek, bu davrda Janubiy Koreya (136ta), AQSh (134ta) hamda Germaniya (125ta)dan elektromobillar olib kelingan.

O‘zbekiston Xitoydan avtomobil importini qariyb 6 barobarga oshirdi. Yanvar-sentabr oylarida Xitoydan O‘zbekistonga yengil avtomobillar yetkazib berish 65,3 ming donani tashkil etdi.

Avvalroq Markaziy bank aholining avtomobil xarid qilish qobiliyati pasayganini qayd etgandi. Cheklangan ichki taklif hamda import qilishdagi yuqori bojxona stavkalari avtomobil narxlarining o‘sishiga sabab bo‘lmoqda.