Yanvar. Oilakredit orqali imtiyozli kredit olish uchun ariza qabul qilish boshlandi

Kreditlar yillik 14% stavkada jismoniy va yuridik shaxslarga hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarga beriladi.


Fevral. O‘zbekistonda 1-martdan nimalar o‘zgaradi

“Spot” mart oyidan kuchga kiradigan qonunchilikdagi o‘zgarishlarni bir joyga jamladi.


Mart. 1-apreldan pensiya va nafaqalar miqdori oshiriladi

Shuningdek, 1-maydan mehnatga haq to‘lash miqdorlari ham oshirilishi belgilangan.


Aprel. O‘zbekistonda yakka tartibdagi tadbirkor qanday soliqlarni to‘laydi? To‘liq qo‘llanma

“Spot” auditor Yevgeniya Son bilan birgalikda biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha maqolalar ketma-ketligini davom ettiradi. Ushbu maqolada yakka tartibdagi tadbirkorlarni soliqqa tortishning barcha jihatlarini batafsil ko‘rib chiqamiz.


May. O‘zbekiston banklaridagi mikroqarzlar: 2023-yil may oyi bo‘yicha

Mikrokreditni 23 ta bankda olish mumkin bo‘lib, 10 mldan 50 mln so‘mgacha berilishi mumkin.


Iyun. 2023−2024-o‘quv yili uchun OTMlarga hujjat topshirish boshlandi

Abituriyentlar my.uzbmb.uz saytining oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul bo‘limi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.


Iyul. 1-avgustdan nafaqa miqdori oshiriladi

Xususan, ish stajiga ega bo‘lmagan keksalarga beriladigan nafaqa miqdori, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi hamda nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarni parvarish qiluvchilar nafaqasi 568 ming so‘mga oshirilmoqda.


Avgust. Work and Travel: dastur orqali Germaniyaga ketgan Islambek Turganbayev hikoyasi

Spot bilan suhbatda Islаmbek Work and Travel dasturi, uning afzalliklari, kerakli hujjatlar va xarajatlar haqida ma’lumot berdi.


Sentabr. Valyuta kursi bilan nima sodir bo‘lmoqda va so‘m qadrsizlanishda davom etadimi?

“Spot” valyuta kursi nima ekanligini, uning shakllanishiga nima ta’sir qilishi va kelajakda nimani kutish mumkinligini aniqladi.


Oktabr. Boshlang‘ich to‘lovsiz avtokredit olish: banklar, kerakli hujjatlar va shartlar haqida

Hozirda mavjud 35 ta bankdan 4 tasida boshlang‘ich to‘lovsiz avtokredit rasmiylashtirish mumkin. To‘lovni qaytarish muddati 5 yilgacha. Yillik stavka 24% dan 28% gacha.


Noyabr. Rasmiy daromadga ega bo‘lmagan shaxslarga ipoteka kreditlari

Mazkur ipoteka kreditini olishda fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan holda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi kerak.


Dekabr. Samsung Galaxy S24 taqdimot sanasi e’lon qilindi

Qayd etilishicha, Galaxy Unpacked 2024 tadbiri 18-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.


Shuningdek, “Spot"da eng ko‘p o‘qilgan xabarlar bu “UzAuto Motors” kompaniyasining ommabop avtomobillar uchun shartnomani ochishi, narxlar va ayrim avtomobillarni ishlab chiqarishni to‘xtatish, kompaniya saytidagi nosozliklar haqida xabarlari bo‘ldi.