Avtokreditlar. 2024-yil yanvar oyi bo‘yicha

Mavjud 35 ta bankdan 18tasida avtokredit rasmiylashtirish mumkin. Kreditlar bir yildan besh yilgacha, 22%dan 36%gacha stavkada taqdim etiladi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


O‘zbekistonda Cosmo Music Studio: musiqaga bo‘lgan ishtiyoq qanday qilib daromadli biznesga aylandi?

Cosmo Music Studio asoschisi Pavel Kotlyarov musiqiy studiyani tashkil etish g‘oyasi qanday paydo bo‘lgani, uni ochish uchun qancha mablag‘ kerakligi va qanday qilib bir ekstremaldan ikkinchisiga o‘tmaslik haqida Spot’ga so‘zlab berdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Samsung yangi Galaxy S24 flagmanlarini taqdim etdi

Galaxy S24 narxi $800, S24+ $1000, S24 Ultra $1300ga baholanib, sotuv 31-yanvarda boshlanadi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Shohruh Kayumov o‘zi bilan nimalar olib yuradi?

Mazkur materialda u ish faoliyati davomida asosan nimalardan foydalanishi haqidagi savollarga javob berdi.



Haftaning asosiy yangiliklari

  1. O‘tgan yilda O‘zbekistonda aholiga qancha miqdorda ipoteka krediti berildi?
    2023-yil davomida banklar tomonidan ipoteka kreditlari uchun 16,9 trln so‘m ajratildi.
  2. O‘zbekistonda ko‘mir qazib chiqarish hajmi 22%ga oshiriladi.
    Prezident geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish, aniqlangan zaxiralarni samarali o‘zlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
  3. BAA O‘zbekiston fuqarolari uchun viza talablarini bekor qilmoqda.
    Endilikda fuqarolar amirlik hududida 30 kungacha vizasiz bo‘lishlari mumkin.
  4. Centrum Air apreldan Toshkent va Tbilisi o‘rtasida parvozlarni yo‘lga qo‘yadi.
    Bundan tashqari, xususiy aviatashuvchi maydan O‘zbekiston poytaxtidan Batumiga parvozlarni qayta tiklaydi.
  5. Xitoy kompaniyasi Toshkentga g‘ildirakli tramvaylarni olib kelishni taklif qildi.
    Yashil yo‘lak loyihasiga yo‘naltiriladigan investitsiya mablag‘lari qariyb olti yilda o‘zini qoplashi kutilmoqda.
  6. O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana rekord darajani qayd etdi.
    Markaziy bank tomonidan belgilangan AQSh dollarining so‘mga nisbatan kursi qariyb 12 so‘mga oshib, 12 427 so‘mni tashkil qildi.
  7. Toshkentga Fly Khiva aviakompaniyasining birinchi samolyoti olib kelindi.
    Aviakompaniya Dubay, Istanbul, Dehli va Gonkongga yuk reyslarini amalga oshirishni rejalashtirgan.
  8. O‘zbekistonning kurort zonalarida Duty Free savdo do‘konlari tashkil etiladi.
    Joriy yilning 1-oktabrigacha 12ta tuman va shahardagi turizm markazlarining master rejalari ishlab chiqiladi.
  9. Xorijiy mamlakatlarda Uzacademy ta’lim platformasi tashkil etiladi.
    Yil yakunigacha O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari huzurida o‘zbek tili kurslari ham tashkil etiladi.
  10. Pensiya jamg‘armasi “ishonch raqami"ni ishga tushirdi.
    U orqali pensiyaga bo‘yicha savollarga mutaxassislardan javob olish yoki murojaat qoldirish mumkin.