“Spot” tadbirkorlar va top-menejerlar ish faoliyatlari davomida nimalardan foydalanishlari haqida so‘zlab berishadigan “Ryukzakda nima bor?” nomli loyihani davom ettiradi.

Bu safargi materialda “Fratelli Casa” brendi va “PromoWear” loyihasi hammuassisi Shohruh Kayumov bilan suhbatlashdik.

U ish faoliyati davomida asosan nimalardan foydalanishi haqidagi savollarga javob berdi.

Intervyuning to‘liq qismi bu yerda:



iPhone, Macbook va barsetka

Hozirgi kunda mana shu uchta narsam bilan yuraman — iPhone, Macbook va barsetka. Bularni meni ofisim desa ham bo‘ladi. Shu uchala narsam bo‘lmasa, men ishlay olmayman degani.

“Macbook"im men uchun juda qiymatli bo‘lib, ofisim hisoblanadi. Barcha ishlarimni shu orqali olib boraman va bajaraman.

ryukzagda nima bor, shohruh kayumov

“Barsetka"mda hamyonim va mashinamning kaliti hamda tasbeh bor.

Shuningdek, har doim ruchka olib yuraman, chunki ba’zi joylarda ruchka kerak bo‘lganida, hamma ruchka qidirib qoladi. Kam ishlatishim mumkin, lekin payti kelganda qidirib qolmaslik uchun birga olib yuraman. Shu bilan birga kesgich-pichoq ham yonimda yuradi.

ryukzagda nima bor, shohruh kayumov

Simsiz va simli quloqchin

Albatta “Airpods” quloqchini ishlataman. Shu bilan birga, simli quloqchindan ham foydalanaman, chunki u simsiz quloqchindan ko‘ra menga qulayroqdek tuyuladi.

ryukzagda nima bor, shohruh kayumov

Yana o‘zim bilan mikrofon olib yuraman. Chunki ba’zi joylarda video olish kerak bo‘ladi, shu paytda mikrofonlarim to‘liq quvvat bilan tayyor turadi.

To‘qimachilik sohasida bor, hamma narsaning hajmi va uzunligi o‘lchanadi. Shunaqa paytda chizg‘ich bormi yoki o‘lchagich bormi demaslik uchun har doim yonimda o‘lchagich olib yuraman va bu menga har doim yordam beradi.

Mana shu narsalar meni asosiy ish qurollarim va olib yuradigan narsalarim bo‘ladi. Bularsiz men ishimni tasavvur qila olmayman, ularga o‘rganib qolganmanki, qayergadir ketmoqchi bo‘lsa o‘zim bilan olib yuradigan aktivlarim shular.