“Telegram” jamoasi messenjerning yangi versiyasini taqdim etdi.

Guruhlar uchun ovozlar

Guruhlar endi aʼzolar beradigan yoki yutuqli o‘yinlardan oladigan ovozlar evaziga darajalarga erishishi mumkin. Guruh hikoyalari va maxsus ko‘rinishga qo‘shimcha ravishda, yuqoriroq darajalar aʼzolarga guruh ichida suhbatlashayotganda ovozni matnga aylantirish va maxsus emojilar kabi premium funksiyalardan foydalanish imkonini beradi.

Guruhlardan hikoyalar

Bu yangilanish guruhlarda suhbatlashishning yangi usulini taqdim etadi, endi adminlar hikoyalar joylashi mumkin. Aʼzolardan javoblar yangi suhbatlarga undagan holda guruhga yuboriladi.

Guruh sifatida hikoya joylash uchun guruh profilidagi hikoya belgisini (+) bosish yoki hikoya muharriri “Hikoya sifatida joylash” bandini tanlash kerak.

Emoji status, muqovalar, fon rasmlari va havola uslublari

Ovoz berilgan guruhlar faqat “Telegram"da mavjud bo‘lgan unikal moslashtirish imkoniyatlarini dastaklaydi.

Guruh profil muqovasi rangi va logotipini o‘zgartirish, emoji status belgilash va guruhni ochadigan barchaga ko‘rinadigan fon rasmini tanlash mumkin.

Guruhlar emoji statuslari uchun guruh nomi yonida chiquvchi animatsiyali geympaddan tortib sirli baqlajongacha “Telegram” rassomlari tomonidan yaratilgan minglab emojilar orasidan tanlashi mumkin.

Guruhni moslashtirish uchun uning profilini ochish va Tahrirlash > Ko‘rinish bandini tanlash kerak. Guruh darajasi qaysi ko‘rinish sozlamalaridan foydalanishi mumkinligini belgilaydi.

Guruh emoji paketlari

Yuqoriroq darajali guruhlar chat ichidagi suhbat uchun ayrim “Telegram Premium” funksiyalarini ochishi mumkin.

Adminlar hatto “Telegram Premium” obunasi yo‘q bo‘lsa ham guruhdagi barcha aʼzolarga guruhda foydalanish imkonini beradigan bitta maxsus emoji paketini tanlashi mumkin.

“Telegram” rassomlari tomonidan yaratilgan emoji to‘plamlari orasidan tanlashi yoki faqat guruhi uchun unikal paket yaratishi mumkin.

Ovozni matnga aylantirish va boshqalar

Ovoz berilgan guruhlar aʼzolari guruhdagi ovozli va video xabarlar uchun cheklanmagan ovozni matnga aylantirish funksiyasidan foydalanishi ham mumkin.

Kelgusi yangilanishlarda guruh chatingizni kuchaytirish uchun yanada ko‘proq funksiyalar taqdim etiladi.

Ovoz beruvchilar uchun ruxsatlar

Guruhga ovoz bergan foydalanuvchilardan xabarlar har bir berilgan ovoz bilan o‘zgaradigan maxsus ovoz beruvchi nishonini ko‘rsatadi

Adminlar ovoz beruvchilar uchun sekin rejim yoki boshqa cheklovlarni chetlab o‘tish kabi unikal imtiyozlar beruvchi maxsus ruxsatlarni tatbiq qilishi mumkin.