Xitoyda “Hyperloop” prototipi birinchi marta sinovdan o‘tkazildi. Bu haqda “hi-tech.mail” nashri xabar berdi.
Supero‘tkazuvchi magnitlar bilan ishlaydigan magnit yostiqli poyezd birinchi marta past vakuumli tunneldan o‘tib, belgilangan parametrlarga muvofiq harakat qilish, tezlashtirish va tormozlash imkoniyatini isbotladi.
Sinovlar Xitoyning Aerokosmik fan va sanoat korporatsiyasi (CASIC) tomonidan 2 km uzunlikdagi sinov o‘rindig‘ida o‘tkazildi. Poyezd tezligi 1000 km/soatni tashkil qiladi.
Biroq poyezd haqiqatda bunday qiymatga tezlasha oladimi yoki yo‘qmi, aniqlanmagan.
Avvalroq, poyezd 2024-yilning fevralida vakuum trubkasida rekord tezlikka erishgan edi. Osha vaqtda tezlik 623 km/soatni tashkil qilgan.
Bugungi kunda Pekindan Shanxayga eng yuqori tezlikdagi poyezdda (329 km/soat) 3 soat 58 daqiqada yetib borish mumkin.
Mazkur poyezd yo‘lovchilarni ushbu yo‘nalish bo‘ylab taxminan 1 soat 30 daqiqada tashiydi. Bunday transport Xitoyning yirik shaharlarini bog‘lashi kutilmoqda.
Avvalroq “Spot” Yaponiya dunyodagi eng tez internetga ega bo‘lgani haqida yozgandi.
Qayd etilishicha, optik tolali kabellar orqali 402 Tbit/s ma’lumotlarni uzatish tezligiga erishilgan.