Savdo-sanoat palatasi qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari bilan biznes muloqot o‘tkazadi. Bu haqda palata matbout xizmati xabar berdi.

Tadbir prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida tashkil etilmoqda.

Unda klasterlar, paxta, g‘alla, meva-sabzavot, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik hamda boshqa mahsulot yetishtiruvchilar ishtirok etishlari mumkin.

Biznes muloqot doirasida soha vakillari bilan muammoli masalalar hamda ularninh yechimi bo‘yicha takliflarni shakllantirish rejalashtirilgan.

Muloqot joriy yilning 10-avgust kuni soat 10:00da “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi.

Unda ishtirok etish istagida bo‘lganlar Savdo-sanoat palatasining +998 78 150 60 06 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

Joriy yilda ochiq muloqot Qoraqalpog‘istonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Tadbirkorlar murojaatlari taklif2024.uz elektron platformasi, 1094 va 1100 raqamlari hamda ijtimoiy tarmoqlar va sayyor qabullar orqali qabul qilinadi.

5-avgust holatiga ko‘ra, tadbirkorlardan 10 189ta murojaat kelib tushgan. Ularning eng asosiy qismi tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida bo‘lib, shu paytgacha jami 3 395ta murojaat qabul qilingan.