Telegram ilk marotaba kontent ijodkorlari uchun $50 minggacha mukofot jamg‘armasi bilan tanlov e’lon qilmoqda.
Qayd etilishicha, ularning Telegramning WhatsAppdan innovatsion ustunligini ko‘rsatuvchi video yaratishlari talab etiladi.
Kontentlar uchun quyidagi talablar mavjud:
- ekrandagi barcha matn va ovozli kontent ingliz tilida bo‘lishi kerak;
- video uzunligi 180 soniyadan oshmasligi kerak;
- Telegram tomonidan quyida taqdim etilgan materiallardan ilhom olish mumkin;
- sun’iy intellekt vositalaridan qo‘shimcha yordam sifatida foydalanishga ruxsat beriladi.
Baholash mezonlari: aniqlik, vizual ta’sir, mem potentsiali va viruslilik. Video TikTok, Instagram Reels, YouTube Shorts va boshqa qisqa vertikal formatlar uchun optimallashtirilgan bo‘lishi kerak.
Ishlarni topshirishning oxirgi muddati 2025-yil 27-may, Toshkent vaqti bilan 00:59gacha bo‘lib, natijalar iyun oyida e’lon qilinadi.