Xalqaro IT-konsalting kompaniyasi Sigma Software Group O‘zbekiston bozoriga kirishini e’lon qildi. Kompaniya Toshkentda dasturiy ta’minot xabini ochdi, mahalliy universitetlar bilan hamkorlikni boshladi va bir qator vakansiyalarni e’lon qildi. O‘zbekiston — Sigma Software Group ofislari mavjud bo‘lgan 22‑chi davlat. Ko‘pgina mamlakatlarda kompaniya ish beruvchilar reytingida yuqori o‘rinlarni egallaydi.
“Men jamoamiz bilan faxrlanaman — aynan odamlar oldinga intilish va eng qiyin chaqiriqlarga javob berishga undaydi”, — deydi Sigma Software Group hammuassisi va bosh direktori Valeriy Krasovskiy.
Asos solingan zahotiyoq insonga yo‘naltirilgan yondashuv kompaniya falsafasiga kiritilgan va u bugungi kungacha asosiy ustuvorlik bo‘lib qolmoqda. Ushbu yondashuv nima ekanligi va nima uchun Sigma Software’ga rezyumeni yuborishga arziydi — batafsil quyida.
Do‘stlar beshligidan global IT-ekotizimgacha
Joriy yilda Sigma Software kompaniyasi 23 yoshga to‘ldi. 2000-yillarning boshlarida Harkov shahridan kelgan beshta do‘st xalqaro mijozlar uchun IT-buyurtmalarni bajarish maqsadida birlashishdi. Ular ilk kundanoq nafaqat mijozning xohish-istaklarini bajaradigan, balki dunyoni o‘zgartiruvchi mahsulotlar yaratadigan kompaniya barpo etishni maqsad qilishdi. Ana shu maqsad ularning hamjihatligini bugungi kungacha saqlab kelmoqda. Sigma Software — asoschilar jamoasi 20 yildan ortiq vaqt davomida biznesda qolgan va samimiy hamkorlikni saqlab kelayotgan noyob kompaniya namunasi.
“Biz o‘zaro kelishishni yaxshi bilamiz. Ittifoqlikning asosi — ishdan zavqlanish va umumiy maqsad sari intilish”, — deydi Valeriy Krasovskiy.
2002-yildan beri kompaniya 400 barobar o‘sdi, ammo asoschilar o‘zaro hurmat prinsiplarini yillar davomida saqlab qoldi.
Boshlang‘ich yillarda kompaniya tez o‘sib, xorijiy investorlar nazariga tushdi. Asoschilar bu bitim orqali yanada tezroq o‘sish va imkoniyatlarni kengaytirishga imkoniyat borligini ko‘rdilar. 2006-yilda kompaniya Skandinaviya konsalting guruhlaridan biri — Sigma Group tarkibiga qo‘shildi.
Bugungi kunda Sigma Software’da 2000 dan ortiq xodim va 20 dan ortiq davlatda 43 ta ofis mavjud.
Inson markazida loyihalar
Valeriy Krasovskiy Sigma Software’da ishlashni yoqtiradigan mutaxassisni “o‘z maqsadlariga erishish uchun intilgan va mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishdan qo‘rqmaydigan inson” deya ta’riflaydi. Bugun Sigma Software Group ekotizimining xilma-xilligi mutaxassislarga xizmat ko‘rsatish biznesidan tortib mahsulot kompaniyalarida ishlashgacha, shuningdek, ichki va tashqi investorlar mablag‘larini jalb qilgan holda o‘z loyihalarini yaratishga imkon beradi. Bundan tashqari, o‘z universiteti doimiy ravishda ko‘nikmalarni rivojlantirish va yangilab borish imkonini beradi.
Kompaniyaning yana bir o‘ziga xosligi — tuzilmaning gorizontal xarakteri. Ko‘p jihatdan Sigma Software dunyo “feruza rangli tashkiloti” atamasini ishlatishdan oldin ham shu prinsipda ishlagan. Desentralizatsiyalashgan tuzilma iqtidorli shaxslar va jamoalarga rivojlanish imkonini beradi.
“Agar sizga moslashuvchanlik, dinamika, bugungi va ertangi kun chegarasidagi qiziqarli loyihalarda ishlash yoqsa, katta kompaniyada ishlashni, biroq startap madaniyatini his etishni istasangiz, sizga aynan biz kerakmiz”, — deydi kompaniyaning hammuassisi Vladimir Bek.
Sigma Software Group qadriyatlari: professionallik, doimiy rivojlanish va ishonchga asoslangan munosabatlar. 23 yil mobaynida kompaniya yuzlab professional mukofotlarga sazovor bo‘ldi va bir nechta marta bozorning eng yaxshi ish beruvchilari qatoriga kirdi — bu esa kompaniyaning insonparvarlik yo‘nalishi to‘g‘ri ekanligini anglatadi.
Bugungi kunda Sigma Software Group — biznes inkubatori, o‘quv platformasi, xayriya jamg‘armalari va boshqa ko‘plab elementlarni o‘z ichiga olgan to‘liq ekotizim. Mijozlar qatorida AstraZeneca, Scania, SAS, Fortum, DanAds, Viaplay mavjud. Kompaniya ilg‘or texnologik yechimlar yaratadi, korporatsiyalarning raqamli transformatsiyasini qo‘llab-quvvatlaydi, startaplarni rag‘batlantiradi va o‘z mahsulotlarini yaratadi.
Sigma Software’ning O‘zbekistondagi rejalari
2025-yil aprel oyida Sigma Software Toshkentda muhandislik xabini ochdi va mahalliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.
Sigma Software Group jamoasi O‘zbekiston IT-ekotizimini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shishiga ishonadi va mahalliy iste’dodlarni jahon bozoridagi mijozlar loyihalarida ishlashga jalb qilishni rejalashtirmoqda.
“Bizning maqsadimiz — mijozlarga yosh o‘zbek IT-mutaxassislaridan iborat o‘sib borayotgan hamjamiyatga kirish imkonini berish, shuningdek, O‘zbekistonning jahon IT-bozoridagi mavqeini mustahkamlashda yordam berish”, — deydi Valeriy Krasovskiy.
“Biz O‘zbekistonda ishlashni boshlaganimizdan xursandmiz va allaqachon Toshkentdagi birinchi ofisimiz uchun mutaxassislarni yollashni boshlab yubordik. Ofisimiz manzili: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Taras Shevchenko ko‘chasi, 42-uy — mashhur ukrain shoiri va milliy qahramon nomidagi ko‘cha. Bu bizning hamkorlik va innovatsiyalarga sodiqligimizni ifodalaydi. Shu bilan birga jamoamizga qo‘shiladigan IT-mutaxassislar ofisda ham, mamlakatning istalgan nuqtasidan masofadan turib ham ishlash imkoniga ega bo‘ladilar”, — deya qo‘shimcha qiladi Sigma Software OptiCo global muhandislik ofislarini va operatsion faoliyatni kengaytiruvchi bo‘lim boshlig‘i Alena Nesterenko.
Sigma Software Group IT-ekotizimni rivojlantirish bo‘yicha noyob mutaxassislikka ega — xalqaro korporatsiyalar bilan hamkorlik, biznes jarayonlarini optimallashtirish, startaplarni faol qo‘llab-quvvatlash va davlat organlari bilan yaqin ish. Ushbu yondashuvning muhim jihatlaridan biri IT-ta’limdir.
“O‘zbekistonda biz xususiy va davlat ta’lim muassasalari bilan faol hamkorlik qilishni rejalashtirmoqdamiz”, — deydi Sigma Software korporativ o‘quv maydoni Sigma Software University bosh direktori va Chief Learning Officer Maksim Pochebut.
O‘zbekiston bo‘yicha yoki masofadan turib Sigma Software jamoasiga qo‘shilishga qiziqqanlar amaldagi vakansiyalar bilan tanishishlari mumkin.
Manzil: Mirzo Ulug‘bek tumani, Taras Shevchenko ko‘chasi, 42-uy.
Reklama huquqlari asosida.