18-iyul kuni prezidentning davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi farmoyishi qabul qilindi.

Hujjat bilan 2025/2026 o‘quv yili va kelgusi 3 o‘quv yili uchun davlat OTMlariga davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi.

Bunda bakalavriat bosqichiga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha grant uchun o‘rinlar quyidagicha:

  • 2025/2026 o‘quv yili uchun — 35 500 ta;
  • 2026/2027 o‘quv yili uchun — 36 023 ta;
  • 2027/2028 o‘quv yili uchun — 36 460 ta;
  • 2028/2029 o‘quv yili uchun — 36 761 ta.

Magistratura bosqichiga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha:

  • 2025/2026 o‘quv yili uchun — 9 922 ta;
  • 2026/2027 o‘quv yili uchun — 10 191 ta;
  • 2027/2028 o‘quv yili uchun — 10 477 ta;
  • 2028/2029 o‘quv yili uchun — 10 784 ta.

Shuningdek, xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliygohlarga 1 320 ta davlat granti ajratildi.

O‘qish istagini bildirgan, xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta, xotin-qizlar uchun esa 4 000 ta davlat granti uchun o‘rinlar taqsimlandi.