2025/2026-o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bu bo‘yicha O‘zbekiston ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi majlisining tegishli bayoni qabul qilindi.
2025/2026-o‘quv yilidan boshlab mamlakat davlat OTMlarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari (magistratura mutaxassisliklari) bo‘yicha bitta talabani bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymati belgilandi.
Moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalari belgilangan tartibga muvofiq 2025/2026-o‘quv yilida qabul qilingan talabalar uchun to‘lov-kontrakt miqdorlarini mustaqil belgilash huquqiga ega.
Avvaloq Spot super-kontrakt miqdorini OTM rektorlari belgilashi haqida yozgandi.
Barcha OTMlar 25-sentabrgacha bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari va shakllari kesimida super-kontraktning minimal miqdorlarini tasdiqlashlari kerak.