Birinchi iPhone’ning 20 yillik yubileyi munosabati bilan Apple kompaniyasi smartfon dizaynida inqilobiy o‘zgarishlarni rejalashtirmoqda.

Insayderlar ma’lumotlariga ko‘ra, 2027-yilgi yubiley modeli to‘liq sensorli tugmalarni oladi.

Yangi texnologiya barcha jismoniy tugmalardan voz kechib, harakatlanuvchi qismlarsiz qattiq holatli elementlarni qo‘llashni ko‘zda tutadi.

Apple odatiy bosish hissini taqlid qilish uchun tebranish-javob tizimi va sun’iy intellektga asoslangan maxsus ovoz algoritmlaridan foydalanishni rejalashtirmoqda.

Insayderlarning ta’kidlashicha, texnologiya allaqachon barcha zarur sinovlardan o‘tgan va ommaviy ishlab chiqarishga joriy etishga tayyor.

Bunday yondashuv allaqachon MacBook trekpadlarida muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda, bu esa texnik muvaffaqiyatsizlik xavfini kamaytiradi.

Smartfon “butun perimetri bo‘ylab yumaloqlangan shisha qirralar"ga ega bo‘ladi va “Suyuq shisha” deb nomlangan yangi iOS 26 interfeysi bilan birlashadi.

Kamerani boshqarish tugmasiga ham o‘zgarishlar kiritiladi — Apple sig‘imli sensorli qatlamni olib tashlab, faqat bosim kuchi datchigini qoldiradi.

Kelajakdagi iPhone 18 modellarida yanada haqiqiyroq tebranishni hosil qilish uchun pezoelektrik keramikadan foydalanish mumkinligi ko‘zda tutilmoqda.

Avvalroq Apple ramkasiz iPhone yaratish g‘oyasini 2027-yilda amalga oshirishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Bloomberg vakili Mark Gurmanning fikricha, yangi iPhone modellarida Dynamic Island o‘lchami kichrayadi, Apple esa smartfonining 20 yilligiga yangilangan modelni taqdim etadi.

Yubiley versiyasi egilgan shisha qirralarga, “g‘oyat yupqa” ramkalarga va hech qanday bo‘shliq hamda kesiklarsiz ekranga ega bo‘ladi. Bu haqiqatan ham uzluksiz dizaynga ega birinchi iPhone bo‘lad