Uklon xodimlarni qanday ishga oladi? Shaxsiy tajriba

Spot’ga Uklon’da xodimlarni ishga qabul qilish bo‘limi rahbari Darya Krujilina nomzodlarni qanday qilib saralab olishi, bu jarayonda qanday xatolarga yo‘l qoymaslik kerakligi haqida gapirib berdi.

hafta yakuni, yangiliklar


Xorijda ta’lim: Malayziyada grant asosida tahsil olayotgan Muhammadsodiq Axrorov hikoyasi

Spot Malayziyadagi Xiamen University’da bakalavr bosqichida Merit Scholarship grantida tahsil olayotgan Muhammadsodiq Axrorov bilan suhbatlashdi. U grant dasturi va unga hujjat topshirish, intervyudan o‘tish jarayonlari, shuningdek, ta’lim tizimi hamda yashash imkoniyatlari haqida gapirib berdi.

hafta yakuni, yangiliklar


Onlayn chipta, e-SIM, raqamli gid: milliy turizm yagona platformasida nimalar bo‘ladi?

Platformada sun‘iy intellekt va katta ma‘lumotlarni tahlil qilish tizimi joriy etilib, “Xavfsiz shahar” tizimi bilan integratsiya qilinadi.

hafta yakuni, yangiliklar


Issiqxonalar, mazut, AI-80: poytaxt havosini yaxshilash choralari tasdiqlandi

Yuk tashuvchi avtotransportlarning harakati cheklanadi, shamol yo‘nalishi o‘rganiladi, sug‘orish infratuzilmasi yangilanadi.

hafta yakuni, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. O‘zbekiston va Turkmaniston Shovot-Toshhovuz chegaraoldi savdo zonasini ishga tushirdi
    Hududda direksiya, bojxona, karantin, fitosanitariya va veterinariya xizmatlari joylashgan. Yagona darcha tamoyili asosida davlat xizmatlari ko‘rsatiladi.
  2. O‘zbekistonning 2024-yildagi yalpi ichki mahsuloti qayta hisoblangach, $121,4 mlrdga yetdi
    Qayta hisoblash natijasida YIM 80,9 trln so‘m yoki 5,6% ga ortdi. O‘sish asosan davlat budjeti hisobidan ta’minlangan.
  3. Shahar tashqi qiyofasini yaxshilash uchun 2 mingdan ortiq peshlavhalar olib tashlandi — Toshkent shahar hokimligi
    So‘nggi paytlarda poytaxt hokimligi tashqi reklamalar bo‘yicha reydlar o‘tkazmoqda. Biznes noqonuniy obyektlarni olib tashlash bo‘yicha ko‘rsatmalar olmoqda.
  4. Migratsiya agentligida fuqarolarga tezkor yordam beradigan situatsion markaz tashkil etiladi
    Shuningdek, litsenziyasiz faoliyatni amalga oshirgan konsalting tashkilotlari uchun jarima miqdori oshiriladi.
  5. Ekologiya vazirligi hukumat tarkibidan chiqarilib, qo‘mitaga aylantiriladi
    Prezident administratsiyasida 2 ta shtat birligidan iborat prezidentning ekologiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmasi tashkil etiladi.
  6. Toshkentning hozirgi aeroporti yana 4−5 yil ishlaydi, reyslar yangisiga 2030-yildan keyin ko‘chiriladi
    Hozirgi aeroport imkoniyatlaridan hali to‘liq foydalanilmagan, ammo uning keyingi taqdiri borasida “prinsipial qaror” qabul qilingan.
  7. XDP Toshkentdagi pulli parkovkalar narxlarini qayta ko‘rib chiqishni taklif qildi
    Partiya ayrim joylarda kunlik to‘lov 100 ming so‘mgacha chiqayotgani va bu oyiga eng kam ish haqidan oshayotganini qayd etib, tizimni qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflarni bildirdi.
  8. UzAuto Motors to‘lov qilinmagan Cobalt avtomobillarini rasmiy dilerlarda sotuvga chiqaradi
    Noyabr boshida kompaniya 100 mingta Cobalt uchun shartnoma tuzgandi, shundan faqat 21%i uchun to‘lov amalga oshirilgan.
  9. 1-fevraldan kambag‘al oilalardagi yoshlarga ijtimoiy yordam shartnoma asosida beriladi
    Uning asosiy sharti taʼlimni davom ettirish va ijobiy o‘zlashtirish kabilar hisoblanadi. Agar shartlar bajarilmasa, yordam 30% gacha qisqartiriladi yoki vaqtincha to‘xtatiladi.
  10. Toshkent va Chorvoq o‘rtasida 56 km uzunlikdagi pulli avtomobil yo‘li paydo bo‘ladi
    Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari 2026-yil o‘rtalariga qadar ishlab chiqiladi, qurilish jarayonlari esa yil oxirida boshlanadi. Yillik trafik 250 ming mashinani tashkil etadi.