O‘zbekistonda dollar kursi ikki kunlik pasayishdan keyin ko‘tarildi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlaridan ma’lum bo‘ldi.
Regulyator Amerika valyutasining rasmiy kursini 11 912,38 so‘m etib belgiladi. Savdo kuni davomida kurs 31 so‘m 45 tiyinga oshdi.
Avvalroq Spot O‘zbekistonda noyabr oyida dollarning rasmiy kursi qanday o‘zgargani haqida yozgandi.
O‘zbek so‘mi ketma-ket yettinchi oy dollarga nisbatan mustahkamlanishda davom etmoqda: noyabr oyida 122 so‘mga, yil boshidan buyon esa 1018 so‘mga qimmatlashdi.
Markaziy bank ichki valyuta bozori sharhida milliy valyutaning mustahkamlanishini valyuta oqimlarining sezilarli darajada oshishi bilan izohladi.
O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari hajmi qariyb $16 mlrdga yetgani haqida xabar berilgandi.
Joriy yilning yanvar-oktabr oylarida transchegaraviy pul o‘tkazmalari orqali mamlakatga $15,8 mlrd miqdorida valyuta mablag‘lari kelib tushdi. Bu 2024-yilning mos davriga nisbatan 25% yoki $3,2 mlrdga ko‘p.
Bunda, transferlar miqdori ketma-ket ikki oylik pasayishdan keyin, oktabr oyida biroz oshdi — $1,86 mlrd. O‘tgan yilning shu oyiga nisbatan o‘sish 36,8% bo‘ldi. Joriy yilning avgust oyida pul o‘tkazmalari hajmi $1,9 mlrd (+22,6%), sentabrda esa $1,84 mlrd (+25,2%) ni tashkil etgan.
