O‘zbekistonda dollar kursi pasaydi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlaridan ma’lum bo‘ldi.
Regulyator Amerika valyutasining rasmiy kursini 12 105,56 so‘m etib belgiladi. Savdo kuni davomida kurs 24 so‘m 45 tiyinga pasaydi.
Bungacha dollar kursi 15-dekabr, 12-dekabr, 11-dekabr, 10-dekabr, 9-dekabr, 5-dekabr, 4-dekabr va 3-dekabr kunlari oshgandi.
Avvalroq joriy yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari hajmi $17 mlrddan oshgani haqida xabar berilgandi.
Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 25% ga yoki $3,5 mlrdga ko‘p, biroq noyabr oyida o‘tkazmalar hajmi keskin qisqargan.
Xususan, noyabrda transferlarning oylik miqdori keskin qisqardi — $1,48 mlrd. Pul o‘tkazmalari hajmi $1,97 mlrd bilan iyul oyida eng yuqori darajaga yetdi, keyingi oylarda pasayish kuzatilib, oktabrda ko‘rsatkich $1,86 mlrdni tashkil etdi.
Shuningdek, 11 oyda aholi banklarga qariyb $20 mlrd xorijiy valyuta sotdi. Jismoniy shaxslar tomonidan banklarga sotilgan xorijiy valyuta hajmi o‘tgan yilga nisbatan 1,3 barobar oshib, talabdan $8,7 mlrdga yuqori bo‘ldi.
