Avvalroq prezidentning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi bo‘lib o‘tayotgani haqida xabar berilgandi.
Undaj oriy yilning o‘zida xizmatlar hajmi qariyb 15%cga o‘sib, $82 mlrdga yetgani qayd etildi.
Xizmatlarga bo‘lgan talabni rag‘batlantirish uchun 2026-yilda sohaga 85 trln so‘m kredit, 9 trln so‘m subsidiya ajratiladi. Xususan, ta’lim xizmatlari uchun budjetdan 7 trln so‘m beriladi.
Keyingi besh yilda xorijiy turistlar sonini 2 karra oshirish, turizm xizmatlari hajmini esa $20 mlrdga yetkazish bo‘yicha katta marra olinmoqda. Shu maqsadda turizm infratuzilmasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Samarqandda Bibixonim, Registon majmualari, Amir Temur maqbarasi, Ulug‘bek rasadxonasi, Shohi Zinda va Afrosiyob muzeyini bir-biri bilan bog‘laydigan zamonaviy yo‘lak va ko‘priklar barpo etiladi.
Shahrisabzda G‘elon yirik turistik majmuasining birinchi bosqichi ishga tushiriladi. Pop tumanida Arashan tog‘ dam olish turistik zonasi tashkil etiladi.
Xivadagi Ichanqal’a immersiv, ya’ni jonli va “aqlli” muzey-shaharga aylantiriladi. Xorazm va Qoraqalpog‘istondagi arxeologik yodgorliklar bo‘ylab yirik turizm halqasi tashkil etiladi.
Shuningdek, yangi yilda tadbirkorlar tomonidan $4 mlrdik 3,5 mingdan ziyod yangi servis obyektlari ishga tushiriladi.
Turizm maskanlarini tashkil qilish uchun kelgusi uch yilda 5000 gektar yer auksionga chiqariladi. Bundan tashqari, 2026-yildan “O‘zbekiston merosi mehmonxonalari” dasturi boshlanadi.
Madaniy meros obyektlarida xususiy sheriklik asosida “butik mehmonxona” tashkil qilish uchun nufuzli mehmonxona tarmoqlari olib kelinadi. Dastur ishtirokchilariga yer, mulk, foyda soliqlari va bojxona to‘lovidan imtiyoz beriladi.
Ta’kidlanishicha, mana shu ishlar hisobiga 2026-yilda xizmatlar bozori $100 mlrddan oshiriladi.
Avvalroq 2026-yilda aviaparkdagi samolyotlar soni 120 taga yetkazilishi haqida xabar berilgandi.
