O‘zbekistonda dollar kursi pasayadi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlaridan ma’lum bo‘ldi.
2026-yil 5-yanvardan amal qiladigan Amerika valyutasining rasmiy kursi 12 004,41 so‘m etib belgilandi. Savdo kuni davomida kurs 20 so‘m 92 tiyinga pasaydi.
Bungacha dollar kursi 16-dekabr, 17-dekabr, 18-dekabr, 19-dekabr va 26-dekabr kunlari pasaygandi.
Avvalroq joriy yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari hajmi $17 mlrddan oshgani haqida xabar berilgandi.
Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 25% ga yoki $3,5 mlrdga ko‘p, biroq noyabr oyida o‘tkazmalar hajmi keskin qisqargan.
Xususan, noyabrda transferlarning oylik miqdori keskin qisqardi — $1,48 mlrd. Pul o‘tkazmalari hajmi $1,97 mlrd bilan iyul oyida eng yuqori darajaga yetdi, keyingi oylarda pasayish kuzatilib, oktabrda ko‘rsatkich $1,86 mlrdni tashkil etdi.
Shuningdek, 11 oyda aholi banklarga qariyb $20 mlrd xorijiy valyuta sotdi. Jismoniy shaxslar tomonidan banklarga sotilgan xorijiy valyuta hajmi o‘tgan yilga nisbatan 1,3 barobar oshib, talabdan $8,7 mlrdga yuqori bo‘ldi.
