“Dekret” puli va ishsizlik nafaqalari kimga, qancha va qachon beriladi?
O‘zbekistonning yangi davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimi qanday ishlaydi: Spot kasallik, homiladorlik va ishsizlik nafaqalari bo‘yicha asosiy savollarga javob beradi.
JST nima va u O‘zbekistonga nima uchun muhim — prezidentning JST bo‘yicha vakili bilan katta intervyu
Azizbek Urunov Spotga bergan intervyusida O‘zbekiston nega tashkilotga a’zo bo‘layotgani, jarayon qaysi bosqichda ekani, iqtisodiyotda qanday o‘zgarishlar yuz berishi va o‘zbekistonliklar JSTga a’zolikdan nimalarni kutishi mumkinligi borasida so‘zlab berdi.
2025-yilda O‘zbekistondagi banklar qancha sof foyda oldi?
Beshta bank foydasini 1 trln so‘mdan oshirdi. Yangi Bankni hisobga olmaganda, bironta bank o‘tgan yilni zarar bilan yakunlamagan.
O‘zbekistonda yanvar oyida dollarning rasmiy kursi qanday o‘zgardi?
Milliy valyuta ketma-ket ikkinchi oy dollarga nisbatan arzonlashdi va 300 so‘m yqotdi. Yanvar oyida dollar 1,45% ga qimmatlashdi.
O‘zbekistonliklarning maʼlumotlari darknetda tarqalgani aytilmoqda
Kiberxavfsizlik markazi ushbu xabarlar tekshirilayotganini, Statistika qo‘mitasi esa aholini ro‘yxatga olishda hech bir fuqaroga tegishli fotosurat olinmaganini bildirdi.
Haftaning asosiy yangiliklari
- Pulli parkovkalardan foydalanish uchun rezidentlik ruxsatnomasini onlayn olish mumkin.
Ruxsatnomani Yagona portal orqali rasmiylashtirish mumkin bo‘lib, u 1 yil davomida amal qiladi. - Tramp ma’muriyati 75 mamlakatga viza berishni to‘xtatgani uchun sudga berildi.
Da’voda qayd etilishicha, AQSHdagi inson huquqlari tashkilotlari prezident ma’muriyatini immigratsiya qonunchiligini buzishga urinishda ayblamoqda. - STIR, JSHSHIR va bank rekvizitlari: internetga fuqarolarning qanday ma’lumotlari sizib chiqqan?
IIV va Soliq qo‘mitasi tizimlar xavfsizligi ta’minlanganini bildirdi, IHMA esa eski bazaga kiberhujum bo‘lganini ma’lum qildi. Mutaxassislar fuqarolarga ehtiyot chorasi sifatida parollarini almashtirishni tavsiya qilmoqda. - Ilon Maskning boyligi birinchi marta $800 mlrddan oshdi.
4-fevral holatiga, Tesla va SpaceX kompaniyalari rahbarining boyligi qariyb $852 mlrddan ortiqqa baholanmoqda. - Senat islomiy bank faoliyatini joriy qilishga oid qonunni maʼqulladi.
Hujjat bilan, 2 ta kodeks va 7 ta qonunga islomiy bank faoliyatining huquqiy asoslarini belgilaydigan normalar kiritilmoqda. - Tojikistonda Starlink sun’iy yo‘ldosh interneti ishlay boshladi.
SpaceX kompaniyasi xizmatni O‘zbekistonda 2026-yilda ishga tushirishni rejalashtirmoqda. - Umumiy o‘rta taʼlimga bir yillik maktabga tayyorlov dasturi majburiy kiritiladi.
Shuningdek, xususiy ta’lim tashkilotlariga bir yillik maktabga tayyorlov guruhlarini tashkil etishga ruxsat beriladi. - Yevrokomissiya TikTok qaramlikka olib kelishini rasman tan oldi.
Ta’kidlanishicha, cheksiz skrolling, videolarning avtomatik ijrosi, bildirishnomalar va shaxsiy tavsiyalar bolalar va ayrim kattalarda qaramlikni yuzaga keltirishi mumkin. - Nima uchun O‘zbekistonda OSAGO 2026-yildan deyarli to‘rt baravarga qimmatlashdi?.
Toshkent shahrida polis narxi 192 ming so‘mga, viloyatlarda esa 160 ming so‘mga yetdi. Bunga majburiy avtosug‘urta summasining ikki barobarga oshirilgani sabab bo‘ldi. - O‘zbekiston Hindistondan hayvonlar va ularning mahsulotlari importiga vaqtincha cheklov o‘rnatdi.
Qayd etilishicha, mazkur cheklov Nipax virusining O‘zbekiston hududiga kirib kelishining oldini olish maqsadida joriy qilingan.





