Avvalroq prezident raisligida ayni vaqtda tarmoq va hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish sur‘atlarini ta‘minlash bo‘yicha asosiy vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazilayotgani haqida xabar berilgandi.

Unda poyabzal ishlab chiqarishda moda va dizayn tez o‘zgarayotgani taʼkidlandi. Korxonalar hozirdan zamon talabiga mos holda ishlamasa, nafaqat tashqi, balki ichki bozorda ham raqobat qila olmasligi aytib o‘tildi.

Lekin O‘zcharmsanoat uyushmasi rahbariyati sohaga yangilik olib kirmagani, pastga tushib ishlamagani tanqid qilindi.

Poyabzal ishlab chiqaradigan 972 ta korxonadan 378 tasi faoliyatini to‘xtatgan bo‘lsa, yana 120 tasi quvvatini yarmidan ham foydalanmayapti. Qolip, bog‘ich, furnitura bo‘yicha haligacha importga bog‘liqlik bor.

Oqibatda o‘tgan yili eksport bo‘yicha va‘da qilgan $250 mlnning 40%i ham ta‘minlangani yo‘q. Uyushmaning bu yilgi ishlab chiqarish va eksport rejasi ham qoniqarsiz ekani ko‘rsatib o‘tildi.

Shu munosabat bilan O‘zcharmsanoat uyushmasi raisi Akbar Sultonovni lavozimidan ozod etishga ko‘rsatma berildi.

Akbar Sultonov 2024-yilning noyabridan beri ushbu lavozimda faoliyat yuritib kelayotgandi.


Avvalroq Ohangaronda yiliga 25 ming tonna yuqori kuchlanishli kabel ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar berilgandi.