O‘zbekistonda islomiy banking: u rasmiyatchilikka aylanib qolmasligi uchun nima qilish kerak?

Xalqaro ekspert Xondamir Nusratxo‘jayev islomiy banklarga oid qonun qabul qilingach ular faoliyatini qanday xatarlar kutayotgani hamda to‘laqonli tizimga aylanishi nimalarga bog‘liqligini tushuntirib beradi.

hafta yakuni, yangiliklar


O‘zbekistonliklar ma’lumotlari tarqaldi: qaysi davlat saytlari buzilgan va fuqarolar nima qilishi kerak?

Spot C7 Cybersecurity hisobotini o‘rganib chiqdi. Unda tarqalgan ma’lumotlarning ishonchliligi tahlil qilinib, yetkazilgan zarar baholanadi.

hafta yakuni, yangiliklar


Xorijda ta’lim: Turkiyada grant asosida ta’lim olayotgan Gauhar Jumamuratova hikoyasi

Gauhar Spot’ga Turkiya universitetlarida talabalarga yaratilgan imkoniyatlar haqida so‘zlab berdi. U, xususan, butun dunyoda tan olinadigan “Mavi diplom"ning afzalliklari hamda talabalar uchun yaratilgan o‘ziga xos sharoitlar haqida fikr bildirdi.

hafta yakuni, yangiliklar


Ijaraga yengillik va 5 mlrd so‘mgacha kreditlar: xususiy bog‘chalar uchun qanday imtiyozlar berilmoqda?

Nodavlat bog‘chalar uchun 30 yillik ijara imtiyozi, 50%lik subsidiya, 5 mlrd so‘mgacha kredit va tarbiyachilar maoshini qoplash joriy etiladi.

hafta yakuni, yangiliklar


5 mingta startap, $2 mlrd investitsiya: O‘zbekiston startap sohasi 2030-yilgacha qanday rivojlantiriladi?

Startaplar uchun 4 bosqichli ekotizim joriy etilib, grantlar, foizsiz qarzlar va xarajatlarni qoplash mexanizmlari yo‘lga qo‘yiladi.

hafta yakuni, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Islom taraqqiyot banki O‘zbekistonda infratuzilma va ta’limga $164 mln ajratadi
    Mablag‘lar avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish va mamlakat bo‘ylab 58 ta yangi ta’lim muassasasini qurish va jihozlash uchun yo‘naltiriladi.
  2. Aholi bandligini oshirish uchun Jahon bankidan $100 mln jalb qilish rejalashtirilmoqda
    Kasb-hunar ta‘limi sohasidagi o‘qituvchilarni sertifikatlash va malakani baholash markazlarini ochish uchun subsidiyalar joriy etiladi.
  3. “Gaz mavjud metan “zapravka"larga ham yetishmayapti” — Jamshid Xodjayev
    U hozirda Energetika vazirligi gaz quyish shoxobchalari qurilishiga ruxsat bermayotganini ta‘kidlab, yangi AGTKSHlarni qurmaslikka chaqirdi.
  4. O‘zbekiston korrupsiya bo‘yicha reytingda uch pog‘ona pastladi
    Mamlakat 182 ta davlat orasida 124-o‘rinni egalladi, ball ko‘rsatkichi 32 dan 31 gacha pasaydi.
  5. Chorvoqdagi Sea Breeze Uzbekistan qurilishini bahorda boshlash rejalashtirilmoqda
    Hozirda developer ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan shug‘ullanmoqda. Yaqin orada hukumat bilan investitsiya shartnomasi imzolanishi kutilmoqda.
  6. Kiberhujum oqibatida 15 mln emas, 60 mingga yaqin fuqaro ma’lumotlari tarqalgan — vazir
    Sherzod Shermatov 27−30 yanvar kunlari uchta davlat idorasining axborot tizimlariga kiberhujum uyushtirilgani va buning natijasida 60 mingga yaqin fuqaroning ma’lumotlari tarqalganini ma’lum qildi.
  7. O‘zbekistonda eskrou tizimi 2026-yilning 1-iyulidan ishga tushirilishi mumkin
    Hozirda tegishli qonun loyihasi tayyorlanmoqda. Hujjat qabul qilinishidan oldin qurilishga ruxsat olgan developerlar eski tartib asosida faoliyatini davom ettirishi mumkin bo‘ladi.
  8. UzTest markazi tugatiladi, Akkreditatsiya markazi esa hukumat bo‘ysunuviga o‘tkaziladi
    Mamlakatda CUz milliy muvofiqlik belgisini joriy etish taklif qilindi.
  9. Toshkent bosh rejasiga o‘zgartirishlar joriy bahorda kiritilishi mumkin — Murad Buildings
    O‘zgarishlar faqat kam sonli loyihalarga ta’sir qiladi va keyinchalik bosh rejaga tuzatishlar kiritish juda qiyin bo‘ladi.
  10. 50 yildan oshgan avtomobillar qay holatda “antikvar” sifatida ro‘yxatdan o‘tkaziladi?
    Mashinaning asl holati va asosiy agregatlari saqlangan bo‘lishi lozim.