Google Gemini’ga o‘zining Lyria 3 modeli asosida musiqa yaratish bo‘limini qo‘shdi. Hozircha u beta-sinov bosqichida turibdi. Bu haqda vc.ru nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, matnli tavsif asosida 30 soniyagacha audioyozuv yaratish yoki namuna (referens) sifatida rasm yuborish imkoniyati mavjud.
Model ingliz, nemis, ispan, fransuz, hind, yapon, koreys va portugal tillarini qo‘llab-quvvatlaydi. Xizmat, shuningdek, qo‘shiqlarga Nano Banana tomonidan yaratilgan muqovalarni ilova qiladi.
Lyria 3 tomonidan yaratilgan barcha taronalar SynthID raqamli suv belgisi bilan belgilanadi. Kompaniya Gemini’da yaratilgan AI musiqa detektorini qo‘shdi. Foydalanuvchilar trekni yuklab olishlari va tekshirishlari mumkin.
Shuningdek, Lyria 3 Dream Track bo‘limida barcha YouTube foydalanuvchilari uchun mavjud bo‘ldi. Bungacha u AQSHda sinovdan o‘tkazilgan.
Avvalroq YouTube videolarda fon musiqasi yaratuvchi sun’iy intellekt generatorini ishga tushirishi haqida xabar berilgandi.
Qayd etilishicha, bu yangilanish ijodkorlarga sun’iy intellekt yordamida yangi ohanglar yaratish imkonini beradi.
YouTube’ning ma’lum qilishicha, bu funksiya 2023-yilda ishga tushirilgan platformadagi Creator Music tijoriy musiqa litsenziyasi resursiga kirish huquqiga ega ijodkorlar uchun “asta-sekin” joriy etilmoqda.
