Toshkentda xizmatlar tannarxini hisoblash va biznesda narxlarni shakllantirishga bag‘ishlangan oflayn-seminar bo‘lib o‘tadi. Tashkilotchi — buxgalteriya autsorsingi xizmatlarini ko‘rsatuvchi Yaran kompaniyasi.
Tadbir xizmat ko‘rsatish sohasida ishlayotgan tadbirkorlarga mo‘ljallangan. Uchrashuv doirasida ishtirokchilar barqaror mijozlar oqimi va jamoaning yuqori bandligiga qaramay, foydaning kamayishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan hisob-kitobdagi keng tarqalgan xatolarni tahlil qiladilar.
Seminar dasturidan haqiqiy tannarxni aniqlash yondashuvlari, foyda yo‘qotish nuqtalarini tahlil qilish va barcha xarajatlarni hisobga olgan holda narxni shakllantirish tamoyillari o‘rin olgan.
Seminar 24-aprel kuni soat 11:00 da oflayn formatda bo‘lib o‘tadi. Ishtirokchilar soni cheklangan. Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish zarur, bu Telegram orqali amalga oshiriladi.