30-aprel kuni Toshkentda startaplar, investorlar, korporatsiyalar va raqamli iqtisodiyot yetakchilarini birlashtiruvchi INMerge Innovation Summit bo‘lib o‘tadi.
Tadbir PASHA Holding tomonidan IT Park Uzbekistan va Fintech Association of Uzbekistan bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda. U tajriba almashish hamda o‘sish imkoniyatlarini muhokama qilish uchun Markaziy Osiyodagi startaplar, investorlar va texnologiya sohasi vakillarini birlashtiradi.
INMerge doirasida startaplar tanlovi o‘tkaziladi. Unda ishtirokchilar o‘z loyihalarini xalqaro investorlar va ekspertlarga taqdim etadilar. G‘oliblar Bokudagi INBattle tanlovida qatnashish huquqini qo‘lga kiritadilar, shuningdek, tadbirda ishtirok etish, maydondan joy ajratilishi va loyihani targ‘ib qilish uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni o‘z ichiga olgan qo‘llab-quvvatlash dasturidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Dasturdan, shuningdek, investitsiyalarni jalb etish strategiyalari va loyihalarni dastlabki bosqichlarda rivojlantirishga bag‘ishlangan panel muhokamalari ham o‘rin olgan.
Tadbirda mehmon sifatida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish zarur. Arizalar 29-aprelgacha qabul qilinadi.