ALPHA’da yetakchilik va menejment bo‘yicha ta’limga ixtisoslashgan Blanchard xalqaro kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan SLII (Situational Leadership II) sertifikatlash treningi bo‘lib o‘tadi. Dastur CBSD Global va ALPHA hamkorligida amalga oshirilmoqda.
Trening jamoalar bilan ishlaydigan rahbarlar va mutaxassislarga mo‘ljallangan. Dastur doirasida ishtirokchilar vaziyatli yetakchilik tamoyillarini, jumladan, boshqaruv uslubini xodimlarning tayyorgarlik darajasi va vazifalariga moslashtirishni o‘rganadilar. Shuningdek, ish jarayonlarida samarali muloqot va o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yondashuvlari ko‘rib chiqiladi.
Dastur boshqaruv ko‘nikmalarini amaliy rivojlantirish va ishtirokchilar o‘rtasida tajriba almashishni o‘z ichiga oladi. Tadbir 25−26-may kunlari bo‘lib o‘tadi. Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish zarur.