6-may kuni Toshkentda Plug and Play Uzbekistan Expo 2026 startap ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Tadbir innovatsiyalar va texnologiyalardagi global tendensiyalarni muhokama qilish uchun investorlar, korporatsiyalar, startap asoschilari hamda ekspertlarni bir joyga jamlaydi. Ishtirokchilar sun’iy intellekt, fintech, healthtech, kiberxavfsizlik, elektron tijorat va GameDev sohalaridagi yechimlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Dasturdan startaplarning pitch-sessiyalari, panel munozaralari, shuningdek, VC Mixer va netvorking o‘rin olgan. Ko‘rgazma startaplar va investorlar o‘rtasida ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish hamda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun platforma vazifasini o‘taydi.
Tadbir 6-may kuni Turkiston san’at saroyida bo‘lib o‘tadi. Ishtirok etish uchun havola orqali oldindan ro‘yxatdan o‘tish zarur.