Istiqbolli loyihalar milliy agentligi “Global Insurance Group” sug‘urta kompaniyasining litsenziyasini bekor qildi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

2022-yil fevral oyida berilgan hujjatning amal qilishi 9-maydan to‘xtatildi. Bunda kompaniya ilgari tuzilgan sug‘urta va qayta sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha majburiyatlarni bajarishi lozim.

Bundan tashqari, 6-may kuni agentlik Leo Finance Sug‘urta Broker sug‘urta brokerining litsenziyasini bekor qilishga qaror qildi. U 10-maydan kuchga kirdi.

2025-yil oktabr oyida ILMA moliyaviy ko‘rsatkichlarni tekshirishda aniqlangan qonunbuzarliklar tufayli Global Insurance Group litsenziyasini 10 kunga to‘xtatib qo‘ydi.

Regulyator, shuningdek, sug‘urtalovchini 35 mln so‘m jarimaga tortdi va mijozlarga barcha kamchiliklar bartaraf etilmaguncha kompaniyadan polis rasmiylashtirishdan tiyilishni tavsiya qildi.

Shu bilan birga, ILMA yana uchta sug‘urtalovchiga moliyaviy sanksiyalar qo‘lladi. Eng katta jarima — 50 ml so‘m Alskom kompaniyasiga solindi. Inson 40 mln so‘m, Semurg Insurance esa 31,5 mln so‘m jarimaga tortildi.

2025-yil 8-noyabrdan boshlab Global Insurance Group litsenziyasining amal qilishi olti oyga to‘xtatildi. Agentlikning ta’kidlashicha, kompaniya tegishli arizani ixtiyoriy ravishda topshirgan.


Avvalroq Spot Way II Management investitsiya platformalari uchun “qumdon"ning ilk ishtirokchisiga aylangani haqida yozgandi.