14-may kuni OSNOVA ta’lim platformasi xodimlarni korporativ o‘qitishning zamonaviy yondashuvlariga bag‘ishlangan Ta’limda geymifikatsiya nomli ochiq ma’ruza o‘tkazadi.
Ishtirokchilar an’anaviy ta’lim shakllari nima uchun o‘z samarasini yo‘qotayotgani, o‘yin mexanikalari xodimlarning jarayonga jalb etilishiga qanday ta’sir ko‘rsatishi va kompaniyalarda hozirdanoq qanday vositalarni joriy qilish mumkinligini muhokama qiladilar.
Shuningdek, ma’ruza doirasida o‘quv jarayonini biznes vazifalari bilan bog‘lash va olingan bilimlarni amaliy ishda qo‘llashni kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Ma’ruzachi — korporativ ta’lim va xodimlarni rivojlantirish bo‘yicha ekspert, geymifikatsiyani joriy etishga oid 100 dan ortiq ta’lim dasturi va loyihalarini amalga oshirgan Hamidullabekova Maftuna Furqatbek qizi.
Ma’ruza soat 18:30 da ALPHA biznes-markazida bo‘lib o‘tadi. Ishtirok etish bepul, oldindan ro‘yxatdan o‘tish sharti bilan.