Motor moyi ta’minot zanjiridagi navbatdagi muammoga aylanishi mumkin, deya xabar berdi Axios nashri.

Yirik kompaniyalar Yaqin Sharqdagi mojaro sintetik moylar ishlab chiqarishda ishlatiladigan muhim komponentlarga bosim o‘tkazayotganidan ogohlantirmoqda.

Shell, Valvoline va O’Reilly Automotive kabi kompaniyalar sintetik motor moylari ta’minoti bilan bog‘liq bosim kuchaygani va narxlar keskin oshayotganini ma’lum qilgan.

Bu esa Yaqin Sharqdagi mojaro oqibatlari nafaqat benzin, balki motor moylari bozoriga ham ta’sir qila boshlaganining ilk belgisi sifatida baholanmoqda.

Soha vakillariga ko‘ra, neftni qayta ishlashdagi uzilishlar hamda Hormuz bo‘g‘ozidagi yuk tashish muammolari sabab zamonaviy sintetik moylarning asosiy tarkibiy qismi hisoblangan III guruh bazaviy moylari yetkazib berilishi qisqarmoqda.

Ayniqsa zamonaviy avtomobillarda keng qo‘llanadigan 0W-8, 0W-16 va ayrim 0W-20 moylari eng katta xavf ostida.

ICISning baza moylari bo‘yicha xalqaro yo‘nalishi rahbari Amanda Xey nashrga ba’zi sintetik moylarning “haqiqiy tanqisligi boshlanayotganini” va narxlar bir gallon uchun $10 dan oshganini aytdi.

JobbersWorld’ning yana bir tahlilchisi esa hozircha bu vaziyatni ommaviy tanqislik deb atamagan bo‘lishini ta’kidladi.

Yetkazib berish zanjirlaridagi uzilishlar, neft tanqisligi va narxlarning oshishi Hormuz bo‘g‘ozining yopib qo‘yilgani sababli yuz bermoqda.

2026-yilning mart oyida AQSH va Eron o‘rtasidagi ziddiyat tufayli ushbu bo‘g‘oz orqali savdo to‘xtatilgan edi.


Avvalroq Spot Yaqin Sharqdagi mojaro O‘zbekiston logistikasiga qanday ta’sir ko‘rsatgani va bu qanchaga tushgani haqida yozgandi.