20 va 22-may kunlari ALPHA o‘quv markazi mutaxassislar hamda savdo bo‘limlari rahbarlari uchun Zamonaviy savdo treningini o‘tkazadi.

Dastur savdo samaradorligini oshirishni, mijozlar bilan ishlashni yaxshilashni va tijoriy jarayonlarga zamonaviy vositalarni joriy etishni xohlaydigan kompaniyalarga mo‘ljallangan.

Trening doirasida ishtirokchilar mijozlar ehtiyojlarini aniqlash, e’tirozlar bilan ishlash, mahsulot taqdimotini kuchaytirish va kelishuvlarni yakunlash bo‘yicha amaliy yondashuvlarni ko‘rib chiqadilar. Shuningdek, FAB-dalillar texnikasi, SPIN-savollar va zamonaviy savdoning boshqa vositalari ham o‘rganiladi.

Treningni ALPHA’ning savdo bo‘yicha katta eksperti, Texnomart, Hettich, East Telecom, British Embassy, Dell, Castrol, NBU, Ipotekabank OTP Group, NASP va IT Park jamoalariga ta’lim bergan Nodirbek Kuzdekov olib boradi.

Ishtirok etish uchun tashkilotchilar bilan oldindan bog‘lanish lozim.