21-may kuni ALPHA ta’lim platformasi Toshkentda TBC Uzbekistan’ning Senior Product Manager’i Sergey Petrov ishtirokida mahsulotlarni boshqarishga bag‘ishlangan ochiq ma’ruza o‘tkazadi.
Uchrashuvda doimiy o‘zgarishlar sharoitida mahsulot strategiyasini qanday shakllantirish, jamoa va manfaatdor tomonlar bilan samarali hamkorlik qilish hamda xodimlarni bevosita boshqarmasdan jarayonlarga ta’sir o‘tkazish masalalari muhokama qilinadi.
Ma’ruza o‘z faoliyatini endi boshlayotgan va tajribali mahsulot menejerlari, tadbirkorlar, startap asoschilari hamda mahsulot yo‘nalishida rivojlanishni rejalashtirayotgan mutaxassislar uchun foydali bo‘ladi.
Ishtirok etish bepul, buning uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.