19−21-iyul kunlari Toshkentdagi CAEx ko‘rgazmalar markazida moda, to‘qimachilik sanoati va ishlab chiqarish texnologiyalariga bag‘ishlangan Tashkent Fashion & Textile Expo 2026 xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Tadbir turli mamlakatlardan dizaynerlar, mato ishlab chiqaruvchilar, moda brendlari, distribyutorlar, xaridorlar va biznes vakillarini bir joyga to‘playdi. Ishtirokchilar yangi kolleksiyalar, sohadagi trendlar va to‘qimachilik sanoati uchun texnologik yechimlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ko‘rgazma dasturidan moda namoyishlari, ishbilarmonlik dasturi, B2B-sessiyalar, mahorat darslari va netvorking o‘rin olgan. Tashkilotchilar butun dunyodan 5000 dan ortiq professional tashrifchi va 170 ga yaqin eksponent ishtirok etishini kutmoqda.
Mavzuli yo‘nalishlar qatoriga kiyim-kechak, poyabzal va aksessuarlar, matolar va texnik to‘qimachilik mahsulotlari, ichki kiyim, uy kiyimlari, ip-kalava hamda tikuvchilik anjomlari kiradi.
Ko‘rgazmaga tashrif buyurish uchun tashkilotchilarning saytida oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab qilinadi.