O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi 26−29-avgust kunlari tadbirkorlarni F-Istanbul 2026 xalqaro oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasida Made in Uzbekistan milliy stendi tarkibida ishtirok etishga taklif qiladi.
Ko‘rgazma turli mamlakatlarning ishlab chiqaruvchilari, eksportchilari va agrosanoat sektori vakillarini birlashtirib, hamkorlar topish hamda xalqaro bozorlarga chiqish uchun platforma bo‘lib xizmat qiladi.
Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, ko‘rgazma maydoni ijarasi va stend qurilishi xarajatlari Savdoni rivojlantirish kompaniyasi AJ tomonidan moliyalashtiriladi. Ishtirokchilar uchun joylar soni cheklangan.
Ko‘rgazma Turkiyaning Istanbul Expo Center markazida bo‘lib o‘tadi. Ishtirok etish uchun tashkilotchilar sayti orqali oldindan ariza topshirish kerak.