13−14-iyun kunlari JV Team tadbirkorlar, marketologlar va kompaniya rahbarlari uchun Kommunikatsion marketing strategiyalari va innovatsion biznes modellar mavzusida ikki kunlik amaliy trening o‘tkazadi.
Spiker sifatida 2015-yildan buyon marketing va digital sohasida ishlab kelayotgan hamda turli yo‘nalishlarda 200 dan ortiq loyihani amalga oshirgan amaliyotchi marketolog va biznes-murabbiy Sergey Zubarev so‘zga chiqadi.
Trening davomida ishtirokchilar strategik rejalashtirish vositalarini tahlil qiladilar, biznes model va mijozlar bazasini o‘rganishni hamda auditoriya ehtiyojlaridan kelib chiqib, qadriyat takliflarini shakllantirishni o‘zlashtiradilar.
Tizimli raqamli marketing, gipotezalarni sinovdan o‘tkazish, ma’lumotlarga asoslanib boshqarish va biznesning yangi o‘sish nuqtalarini izlashga alohida e’tibor qaratiladi.
Dastur amaliy keyslar, Canvas va SWOT andozalari bilan ishlash, shuningdek, tez o‘zgaruvchan bozor sharoitida barqaror marketing strategiyasini qurish vositalarini o‘z ichiga oladi.
Ishtirok etish narxi — 7,2 mln so‘m. Narxga o‘qitish, materiallar, kofe-breyklar va ishtirokchi sertifikati kiradi.