26−28-iyun kunlari JV Team kompaniyasi Toshkentda shaxsiy samaradorlik, yetakchilik va muloqotga bag‘ishlangan uch kunlik Ego uchun ekstrim biznes-treningini o‘tkazadi.
Dastur muallifi va ma’ruzachisi — Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va boshqa mamlakatlarda seminar va treninglar o‘tkazgan biznes-murabbiy Bulat Amerxanov. Dastur AQSh, Isroil va Germaniyada orttirilgan amaliy tajriba hamda xalqaro ta’limning uyg‘unlashuviga asoslangan.
Trening davomida ishtirokchilar kuchli jamoani shakllantirish, odamlar bilan sog‘lom munosabatlar o‘rnatish, hissiy holatni boshqarish va ichki salohiyatni ochish yo‘llarini tahlil qiladilar. Shuningdek, dastur maqsad qo‘yish, yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirish va motivatsiya bilan ishlash amaliyotlarini o‘z ichiga oladi.
Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, trening real hayotiy va biznes-vaziyatlar tahlili bilan kechadigan intensiv amaliyot shaklida o‘tadi. Ishtirokchilarni turli mashqlar, muzokara amaliyotlari va shaxsiy samaradorlik ustida ishlash kutmoqda.
Ishtirok etish narxi — 12 mln so‘m. Narxga o‘qitish, tarqatma materiallar, kofe-breyklar, tushliklar va kursni tamomlaganlik haqidagi sertifikat kiradi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi raqamlarga murojaat qiling: +998 90 139 08 12, +998 90 391 50 22.