5−7-iyun kunlari JV Team kompaniyasi biznesda muntazam muzokaralar olib boruvchi tadbirkorlar, rahbarlar va mutaxassislar uchun “NLP vositalari bilan samarali muzokaralar” nomli uch kunlik amaliy trening o‘tkazadi.

Dastur muallifi va ma’ruzachisi — Qozog‘iston, Germaniya, AQSH va BAAda ish tajribasiga ega bo‘lgan Stanford universiteti va INSEAD biznes maktabi bitiruvchisi Darxan Kuralxanov.

Dastur o‘z ichiga amaliy muzokara simulyatsiyalari, hissiyotlarni boshqarish mashqlari, manipulyatsiyalardan himoyalanish vositalari va real biznes amaliyotidagi keyslarni tahlil qilishni oladi.

Trening muloqot sifatini oshirishni va muzokaralarni yanada ishonchli olib borishni o‘rganishni istagan biznes egalari, top-menejerlar, savdo, HR mutaxassislari, huquqshunoslar va loyiha jamoalari uchun foydali bo‘ladi.

Ishtirok etish narxi — 12 mln so‘m. Narxga ta’lim, tarqatma materiallar, kofe-breyklar, tushliklar va kursni tamomlaganlik to‘g‘risidagi sertifikat kiradi.