4-iyun kuni ALPHA ta’lim maydoni Toshkentda generativ sun’iy intellektni biznes jarayonlari va mahsulotlariga joriy etishga bag‘ishlangan ochiq ma’ruza o‘tkazadi. Ma’ruzachi — Gorgona AI kompaniyasining sun’iy intellekt yo‘nalishi rahbari Aleksandr Simonenko.

Uchrashuv davomida ishtirokchilar zamonaviy AI-tizimlari qanday ishlashini, sun’iy intellekt biznes samaradorligini oshirishga qay darajada yordam berishini va nima uchun ko‘plab kompaniyalar yangi texnologiyalarni joriy etishda muammolarga duch kelayotganini muhokama qiladilar.

Shuningdek, generativ sun’iy intellektdan foydalanishning amaliy keyslari, jarayonlarni avtomatlashtirish, agent tizimlari hamda kompaniyalar ichida AI-tashabbuslarini yo‘lga qo‘yish yondashuvlari haqida so‘z boradi.

Ishtirok etish bepul, buning uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.