TBC Bank Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) bilan hamkorlikda kichik va o‘rta biznes vakillari uchun TBC Biznes Trening ta’lim dasturini ishga tushirmoqda.

Dastlabki oflayn-trening 12−13-iyun kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi, shundan so‘ng dastur O‘zbekistonning yana oltita hududini qamrab oladi. Trening davomida ishtirokchilar moliya va biznes-rejalashtirish, marketing va sotuvlar, xodimlarni boshqarish, yetakchilik, shuningdek, biznes yuritishning huquqiy jihatlarini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Dastur o‘zbek tilida gibrid formatda o‘tkaziladi: avval ishtirokchilar qisqa onlayn-ma'ruzalarni ko‘rishadi, so‘ngra ikki kunlik yuzma-yuz treningda bilimlarni mustahkamlaydilar. Loyiha TBC Uzbekistan tomonidan YTTB bilan hamkorlikda, Shveysariya Hukumatining ko‘magi bilan YTTBning Kichik biznesni rivojlantirish jamg‘armasi doirasida amalga oshirilmoqda.

Ishtirok etish bepul, oldindan ro‘yxatdan o‘tish sharti bilan.