5-iyun kuni New Uzbekistan University’da agentlik biznesi va kreativ sanoat vakillari uchun o‘ninchi panel munozarasi bo‘lib o‘tadi.
Ishtirokchilar kuchli jamoalarni shakllantirish, ish jarayonlarini tartibli yo‘lga qo‘yish hamda ish sifati va korporativ madaniyatni saqlab qolgan holda agentlik ko‘lamini kengaytirish kabi masalalarni muhokama qiladi.
Spikerlar:
- Nargiz Kamalova — Lokals Marketing asoschisi va boshqaruvchi hamkori;
- Shaxrux Nizamutdinov — FCB Artgroup Uzbekistan boshqaruvchi hamkori va kreativ direktori;
- Igor Kim — Wunder Digital kompaniyasining O‘zbekistondagi rahbari;
- Denis Roman — We Digital boshqaruvchi hamkori.
Moderator sifatida We Digital’ning PR va kreativ bo‘yicha direktori Sardor Babayev ishtirok etadi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilar amaliy keyslarni, jamoalarni boshqarishga doir yondashuvlarni hamda agentliklarning o‘sishi va rivojlanishiga yordam beradigan vositalarni tahlil qiladi.
Ishtirok etish bepul, buning uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.