26-iyun kuni Fido-Biznes Academy, Compliance Control va RAKASTA bilan hamkorlikda banklarni PCI DSS v4.0.1 auditiga tayyorlashga bag‘ishlangan vebinar o‘tkazadi.

Ishtirokchilar nima sababdan ko‘plab moliya tashkilotlari auditdan birinchi urinishdayoq o‘ta olmasligi, tekshiruv ko‘lami va to‘lov kartalari ma’lumotlariga ishlov berish muhitini qanday to‘g‘ri aniqlash kerakligi, shuningdek, auditorlar ko‘pincha qanday qoidabuzarliklarni aniqlashi haqida bilib oladilar.

GAP-tahlilni o‘tkazishga va tekshiruvga oldindan tayyorgarlik ko‘rishga yordam beradigan qadamlarga alohida e’tibor qaratiladi.

Spiker — moliyaviy texnologiyalar sohasida sakkiz yildan ortiq tajribaga ega sertifikatlangan QSA eksperti Aleksey Osipov. U o‘z faoliyati davomida Markaziy Osiyo va MDH mamlakatlari banklarida o‘nlab PCI DSS auditlarini o‘tkazgan.

Oldindan ro‘yxatdan o‘tish sharti bilan ishtirok etish bepul.