25−28-iyun kunlari Guliston shahrida yosh dasturchilar, tadbirkorlar va sun’iy intellekt texnologiyalariga qiziquvchi mutaxassislar uchun National AI Hackathon tanlovining navbatdagi hududiy bosqichi bo‘lib o‘tadi.
Ishtirokchilar to‘rtta yo‘nalish — sog‘liqni saqlash, ta’lim, tadbirkorlik va giyohvand moddalarning onlayn tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha loyihalar ustida ish olib boradi. Shuningdek, “Eng yaxshi veb-sayt”, “Eng yaxshi dasturiy yechim” va “Eng yaxshi mobil ilova” bo‘yicha maxsus nominatsiyalar ham ko‘zda tutilgan.
Xakatonga Sirdaryo viloyatida yashovchi 16 yoshdan oshgan barcha xohlovchilar taklif etiladi. Har bir ishtirokchi yakka tartibda ro‘yxatdan o‘tishi hamda pasport yoki ID-kartaga ega bo‘lishi shart.
Eng yaxshi jamoalar dasturning keyingi bosqichlarida o‘z loyihalarini rivojlantirishni davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Ishtirok etish uchun quyidagi havolalar orqali ro‘yxatdan o‘tish zarur: ai-hackathon.uz, eventflow.uz.