20-iyun kuni Toshkentda payme bosh direktori Stanislav Skvirskiy bilan biznes-nonushta bo‘lib o‘tadi.
Spiker O‘zbekiston moliya bozorining rivojlanishiga doir o‘z qarashlari bilan o‘rtoqlashadi, moliyaviy texnologiyalar, raqamli servislar va to‘lov yechimlari sohasidagi asosiy tendensiyalar haqida so‘z yuritadi, shuningdek, sohada yuz berayotgan o‘zgarishlarni muhokama qiladi.
Stanislav Skvirskiy 20 yildan ortiq vaqtdan buyon moliyaviy mahsulotlarni ishlab chiqish va rivojlantirish sohasida faoliyat yuritib keladi. U avvalroq bank va to‘lov servislarining rivojlanishiga rahbarlik qilgan, 2025-yildan beri esa payme kompaniyasiga boshchilik qilib kelmoqda.
Ishtirok etish narxi — 300 ming so‘m. O‘rinlar soni cheklangan. Ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish zarur.