3−4-iyul kunlari Toshkentda biznes-murabbiy va mentor Kurmanbek Jeksenning “Samarali tafakkur texnikalari” nomli ikki kunlik treningi bo‘lib o‘tadi. Dastur strategik fikrlash, qaror qabul qilish va diqqatni boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantirishga bag‘ishlangan.
Trening davomida ishtirokchilar axborotni tizimlashtirish va nostandart yechimlar topish uchun amaliy vositalarni, jumladan, intellekt-xaritalar, frirayting, tez o‘qish, tafakkurning T-modeli hamda ish samaradorligini oshirishga qaratilgan jamoaviy amaliyotlarni o‘zlashtiradilar.
Trening tadbirkorlar, biznes egalari, rahbarlar, top-menejerlar, yangi loyihalarni ishga tushirayotgan mutaxassislarga, shuningdek, reaktiv boshqaruvdan tizimli fikrlashga o‘tishni istagan barchaga foydali bo‘ladi.
Spiker sifatida Qozog‘istonning yirik kompaniyalarida 30 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lgan MBA professori, biznes-murabbiy va mentor Qurmonbek Jeksen ma’ruza qiladi. Uning kasbiy kompetensiyalari qatoriga strategik boshqaruv, yetakchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish va boshqaruv qarorlarini qabul qilish kiradi.
Ishtirokchilar ish daftari, jamoaviy ishga joriy etish uchun amaliy vositalar to‘plami, shuningdek, sovg‘a sifatida keyingi rivojlanish uchun qo‘shimcha materiallarni o‘z ichiga olgan “Mentorlik Oqimi Start” dasturini qo‘lga kiritadilar.
Ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish zarur. 15-iyunga qadar ro‘yxatdan o‘tganlar uchun 30% chegirma amal qiladi.