Joriy yilning 26−28-iyun kunlari Nukusda Techstars Startup Weekend tadbiri bo‘lib o‘tadi. Bu — o‘z faoliyatini endi boshlayotgan tadbirkorlar, dasturchilar va shaxsiy texnologik loyihasini ishga tushirish istagida bo‘lganlar uchun mo‘ljallangan uch kunlik ideatondir.
Ishtirokchilar 54 soat ichida jamoalarga birlashib, mahsulotning ishchi prototipini yaratadi, biznes gipotezalarni sinovdan o‘tkazadi hamda o‘z loyihalarini investorlar va venchur fondlari vakillariga taqdim etadi.
Dasturdan Techstars metodologiyasi bo‘yicha amaliy mahorat darslari, biznes, axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt, marketing va startaplar sohalaridagi tajribali mentorlar bilan ishlash hamda loyihalarning yakuniy taqdimoti o‘rin olgan.
Eng yaxshi jamoalar 30 million so‘m miqdoridagi mukofot jamg‘armasi uchun kurashadi.
Ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish zarur.