20-iyun kuni Toshkentda AI Qadam Uzbekistan hamjamiyatining biznesda sun’iy intellektni amaliy qo‘llash va mahsulotlar ishlab chiqishga bag‘ishlangan ikkinchi mitapi bo‘lib o‘tadi.
Ishtirokchilar kompaniyalarning mijozlarga xizmat ko‘rsatishda intellektual yordamchilarni qanday joriy etishi, xodimlar va sun’iy intellekt tizimlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘yishi, shuningdek, chuqur texnik bilimlarsiz ish jarayonlarini qanday avtomatlashtirishini bilib oladilar.
Spikerlar orasida:
- Pavel Popov, axborot texnologiyalari bo‘yicha direktor va korporativ arxitektor — mijozlarga xizmat ko‘rsatish uchun intellektual yordamchilarning majmuaviy tizimlarini ishlab chiqish haqida;
- Konstantin Gus, sun’iy intellekt sohasidagi yechimlar arxitektori — mahsulotlar ishlab chiqishda mutaxassislar va intellektual tizimlarning birgalikdagi faoliyati to‘g‘risida;
- Aleks Jo‘rayev, operatsion barqarorlik bo‘yicha ekspert — vizual sozlash vositalari yordamida sun’iy intellektga asoslangan ishchi yechimlarni ishlab chiqish xususida so‘z yuritadi.
Ishtirok etish bepul, oldindan ro‘yxatdan o‘tish sharti bilan. Ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.