19-iyun kuni UEnter Toshkentda Yaponiyaning innovatsion boshqaruv amaliyotlari va Kaydzen metodikasiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazadi.
Ishtirokchilar jarayonlarni uzluksiz takomillashtirish tamoyillari bilan tanishib, kompaniyada tizimli o‘zgarishlarni joriy etishni hamda kichik, biroq muntazam yaxshilanishlar hisobiga biznes samaradorligini oshirishni o‘rganadilar. Shuningdek, vaqt va resurslar yo‘qotilishini kamaytirishga, mehnat unumdorligini oshirishga yordam beradigan 5S ish joyini tashkil etish tizimiga alohida e’tibor qaratiladi.
Seminarda SAVA KONSALT kompaniyasi direktori, tejamkor boshqaruv bo‘yicha 30 yillik tajribaga ega ekspert Yelena Kiselyova spiker sifatida so‘zga chiqadi.
Ishtirok etish bepul, oldindan ro‘yxatdan o‘tish sharti bilan. Ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish lozim.