10−14-iyul kunlari Savdo-sanoat palatasi raisi boshchiligidagi O‘zbekiston ishbilarmon doiralari vakillaridan iborat delegatsiya biznes-missiya bilan Polshaga tashrif buyuradi.

Tashrif doirasida Polsha va unga qo‘shni Yevropa mamlakatlari kompaniyalari ishtirokida biznes-forum hamda B2B formatidagi ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Unda elektrotexnika, qurilish materiallari ishlab chiqarish, oziq-ovqat sanoati, axborot texnologiyalari, logistika va farmatsevtika sohalarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar ishtirok etishi mumkin.

Ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish zarur. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun: +998 93 233 62 33.