25-iyul kuni Toshkentda O‘zbekistondagi startap asoschilariga bag‘ishlangan Uzbekistan Founder Portrait 2026 tadqiqotining taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
Tadqiqot Stanbase jamoasi tomonidan 250 dan ortiq ishtirokchidan olingan ma’lumotlar va bir qator chuqurlashtirilgan intervyular asosida tayyorlangan. Tadbir davomida asoschilar o‘z loyihalarini qanday moliyalashtirishi, qanday qiyinchiliklarga duch kelishi va startap ekotizimining rivojlanishini qay darajada baholashi haqidagi asosiy xulosalar taqdim etiladi.
Taqdimotdan so‘ng tadbirkorlar, investorlar va soha vakillari ishtirokida natijalarning ochiq muhokamasi bo‘lib o‘tadi.
Ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.