23-iyun kuni ALPHA’da biznesning o‘sishi sharoitida kuchli jamoalarni shakllantirish strategiyalariga bag‘ishlangan navbatdagi HR-xona uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Tadbir mehmoni — TBC Uzbekistan’ning CPO‘si Anna Silagadze. U moliya va fintex sohasidagi 16 yildan ortiq faoliyati davomida yangi bozorlarda biznesni yo‘lga qo‘yishda hamda jamoalarni bir necha xodimdan 4000 dan ortiq kishigacha kengaytirishda ishtirok etgan.

Uchrashuv mavzusi — “Ichki liderlar vs tashqaridan yollash: jamoa ichida yetishtiramizmi yoki mutaxassisni ishga olamizmi?”. Ishtirokchilar xodimlarni jamoa ichida yetishtirish va tashqaridan yollashning afzalliklariyu cheklovlarini muhokama qiladilar, shuningdek, real keyslar, xatolar va samarali jamoalarni shakllantirish yondashuvlarini tahlil etadilar.

Ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish zarur.