27-iyun kuni Birinchi Business Club — Iman Holding asoschisi Rustam Rahmatov bilan biznes-nonushta o‘tkazadi.

Uchrashuv davomida spiker kuchli jamoani qanday tuzish, xodimlarni ishga yollashda keng tarqalgan xatolarga yo‘l qo‘ymaslik va samarali boshqaruv tizimini yo‘lga qo‘yish haqida so‘z yuritadi. Shuningdek, ishtirokchilar korporativ madaniyatni rivojlantirish, jamoani natijaga yo‘naltirish hamda biznes maqsadlariga erishishda rahbarning o‘rnini muhokama qiladilar.

Uchrashuvni Laziz Adhamov moderator sifatida olib boradi. Tadbir o‘zbek tilida bo‘lib o‘tadi.

Ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.