23-iyun kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi xalqaro brendlar mahsulotlari savdosi, avtoturargohlarni boshqarish va tijorat ko‘chmas mulkini ijaraga berish sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar uchun ochiq muloqot o‘tkazadi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilar dolzarb masalalarni ko‘tarishi, biznesni rivojlantirish bo‘yicha takliflar bilan o‘rtoqlashishi va soha faoliyatidagi mavjud to‘siqlarni muhokama qilishi mumkin.
Tashkilotchilarning qayd etishicha, bildirilgan barcha tashabbuslar tizimlashtirilib, keyingi ishlanmalar uchun tegishli davlat organlariga yuboriladi.
Ishtirok etish uchun quyidagi telefon raqamlari orqali ro‘yxatdan o‘tish zarur: +998 97 445 39 37, +998 97 333 44 45.